Moskva yaqinida uchuvchisiz samolyot urib tushirildi
Moskva meri Sergey Sobyanin va Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya poytaxtidan janubda, Podolsk hududida dron urib tushirilganini maʼlum qildi.
“Podolskdagi havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskva tomon uchayotgan uchuvchisiz samolyotning hujumini qaytardi. Qoldiqlar tushgan joyda, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, vayronagarchilik va qurbonlar boʻlmagan”, — deyiladi Sobyaninning telegramdagi kanalida.
Rossiya Mudofaa vazirligining qisqacha bayonotida aniqlik kiritishicha, samolyot tipidagi dron ertalab mahalliy vaqt bilan soat sakkiz yarimda urib tushirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring