Montana “TikTok“ni taqiqlagan AQSHdagi birinchi shtatga aylandi
Montana shtati gubernatori Greg Djanforte 17-may kuni shtat hududida “TikTok“ mobil ilovasini yuklab olish va undan foydalanishni taqiqlovchi qonunni imzoladi, qonun 2024-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.
Gubernatorning soʻzlariga koʻra, qonun shtat fuqarolari shaxsiy maʼlumotlari Xitoy razvedkasi tomonidan oʻrganilishi va egallab olinishini bartaraf etadi.
AQSH Milliy xavfsizlik agentligi Kiberxavfsizlik boʻlimi rahbari Rob Djoys “TikTok“ mobil ilovasini “Xitoy troyan oti” deb taʼkidlab, u AQSH aholisiga ijtimoiy jihatdan salbiy taʼsir etuvchi videolavhalarni koʻrsatishda ayblagan.
Avvalroq, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar, mansabdor shaxslar uchun “TikTok“dan foydalanishni taqiqlab qoʻygan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring