Monopoliyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

11:09 09 Noyabr 2022 Jamiyat
516 0

Foto: Xalq so‘zi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan shu mavzuga bagʻishlab oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilinishicha, joriy yilning 9 oyi davomida tovar va moliya bozorlarida 24-marta oʻrganish va tahlil ishlari olib borildi. Aniqlangan holatlar boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida tadbirkorlik subyektlari foydasiga 1 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ undirildi.

— Hududiy boshqarmaga joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida insofsiz raqobat holatlari boʻyicha 18 ta murojaat kelib tushdi, — deydi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Ikromjon Toʻraboyev. — Ularni oʻrganish davomida 114 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Har bir murojaat izidan maxsus tuzilgan ishchi guruhi tomonidan oʻrganish ishlari tashkil etilib, joylarda bu boradagi salbiy holatlarni bartaraf qilish yuzasidan aniq manzilli reja ishlab chiqilmoqda.

Aytish joiz, monopoliyaga qarshi kurashish faqat masʼul idoralar xodimlarining vazifasi boʻlib qolmasligi kerak. Bunda jamoatchilik ishtiroki va faolligi juda muhim.

Tadbirda boshqarmaning jamoatchilik bilan ishlash sohasida amalga oshirayotgan saʼy-harakatlari xususida batafsil maʼlumotlar berildi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер