Bunda ish yurituvga qabul qilingan shikoyatlar boʻyicha qarorlarning ijrosini toʻxtatib turish haqida sud tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar avtomatik ravishda xabardor qilinadi.
Qarorga koʻra , 2027-yil 1-yanvardan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan yuritiladigan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tadbirkorlarga nisbatan qoʻllangan moliyaviy jarimalarning elektron reyestri joriy etiladi. Bunda:
— vakolatli organlarning moliyaviy jarimalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlari ular qabul qilinganidan soʻng 3 ish kunida majburiy tartibda ushbu elektron reyestrga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda, mazkur jarayon toʻliq raqamlashtirilgan hollarda esa bunday qarorlar oʻzaro integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda kiritiladi;
— elektron reyestrga kiritilmagan va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanmagan qarorlar haqiqiy emas deb hisoblanadi va ular asosida moliyaviy jarima undirilmaydi;
— elektron reyestrda tadbirkor tomonidan sodir etilgan qilmishning takroriyligiga oid maʼlumotlar bazasi yuritiladi va xavfni boshqarish tizimi yordamida tahlil qilib boriladi.
2027-yil 1-aprelga qadar soliq toʻlovchi – tadbirkorning shaxsiy kabineti orqali vakolatli organlarning moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlari ustidan sudga onlayn shikoyat berish imkoniyati yaratiladi.
Bunda ish yurituvga qabul qilingan shikoyatlar boʻyicha qarorlarning ijrosini toʻxtatib turish haqida sud tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar avtomatik ravishda xabardor qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring