Moldova Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalariga qoʻshilishdan bosh tortdi

15:48 11 Iyul 2024 Dunyo
360 0

Illyustrativ foto

Moldova Yevropa Ittifoqining (YI) Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 14-paketiga qoʻshilishdan bosh tortdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel maʼlum qildi.

«Nomzod davlatlar Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya, Albaniya, Ukraina, Bosniya va Gersegovina, shuningdek, Yevropa erkin savdo hududi davlatlari – Islandiya, Norvegiya va Lixtenshteyn Yevropa Ittifoqi kengashining 24-iyundagi qaroriga qoʻshildi», — deydi Borrel.

Uning qoʻshimcha qilishicha, sanab oʻtilgan davlatlar milliy siyosatlarning YIning ushbu qaroriga mos kelishini taʼminlaydi.

Shu yilning mart oyida Moldova Tashqi ishlar vazirligi Kishinyov Moskvaga qarshi sanksiyalarning aksariyat qismini qoʻllab-quvvatlagani haqida xabar bergan edi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Mixay Popsoyning soʻzlariga koʻra, Moldova shaxsiy cheklovlar va iqtisodiy choralarning taxminan 80 foiziga qoʻshilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер