Moldova 2027-yilda MDH tarkibidan rasman chiqadi
Moldova 2027-yilning aprel oyida Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) tarkibidan rasman chiqadi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Mixay Popshoy maʼlum qildi, uning soʻzlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.
TIV rahbarining soʻzlariga koʻra, Minskka rasmiy bildirishnoma allaqachon yuborilgan.
“Prezident Mayya Sandu tomonidan parlamentning Moldovaning MDHdagi ishtiroki toʻgʻrisidagi kelishuvlarni denonsatsiya qilish (bekor qilish) haqidagi qarorlari imzolanganidan soʻng, 8-aprel kuni Minskdagi kotibiyatga bildirishnoma yuborildi. Biz uni qabul qilib olishgani haqida tasdiqnoma oldik. 2027-yilning aprel oyida respublika MDHni rasman tark etishi kerak”, — dedi Popshoy.
Eslatib oʻtamiz, yanvar oyida Moldova MDH bilan tuzilgan asosiy kelishuvlarni denonsatsiya qilish jarayonini boshlagan edi.
Aprel oyi boshida Moldova parlamenti MDHning bazaviy shartnomalaridan chiqish toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini yakuniy oʻqishda maʼqulladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring