Moʻynoqda yangi MTT ochildi (foto)

14:51 01 Aprel 2021 Jamiyat
2255 0

Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti ochildi.

Tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga tegishli mazkur 17-sonli MTT Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga binoan qurildi va foydalanishga topshirildi.

MTTni qurilishiga jami 3,5 mlrd soʻm ajratilgan.

“Har yili tumanda yangi bogʻchalar ochilmoqda. Tuman aholisi farzandlarining MTT qamrovi 98 foiz koʻrsatkich. Bogʻcha qurilishida sifatga alohida eʼtibor berildi. Binodagi barcha jihozlar davlat investitsiya dasturi doirasida qilingan. Stol, stul, shkaf, yotoq jihozlarining barchasi ekologik toza mahsulotlardan qilinishiga alohida eʼtibor berilgan”, deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri Jumagul Usnatdinova.

Bogʻcha zamonaviy uslubda qurilgan boʻlib, unda bolalar oʻyin xonalari, dam olish xonalari, ovqat xonasi, hojatxonalar, ochiq bogʻlar mavjud. Ushbu yangi MTT ishga tushishi orqali 32 ayol ish bilan taʼminlandi.

Inobat AHATOVA,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер