Moʻynoqda kuchli shamol eski hokimlik binosining tomini uchirib yubordi
2022-yil 14-noyabr kuni soat 16:00 atrofida kuchli shamol Moʻynoq shahridagi eski maʼmuriyat binosining tomini uchirib ketgan.
Voqea joyida jabrlanganlar va halok boʻlganlar yoʻq. Binoning kirish qismi, shuningdek, bino oldidagi shimoliy yon platforma va teraklar shikastlangan.
Hodisa oqibatida internet aloqasi uzilib, viloyat Telekommunikatsiya kompaniyasi tomonidan yangi kabellar oʻrnatilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga vayron boʻlgan qurilish materiallarini yigʻish ishlari olib borilib, qayta tiklash ishlari boshlab yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring