Moʻgʻulistonda 15 yoshli bola qora oʻlatdan vafot etgan — OAV
foto: gazeta.ru
Moʻgʻulistonning Gov-Oltoy viloyatida 15 yoshli oʻsmir qora oʻlatdan vafot etgan.
Bu haqda «Sinxua» axborot agentligi mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib xabar tarqatdi.
“PZR sinovining natijasi 15 yoshli bolaning oʻlimiga qora oʻlat sabab boʻlganligini koʻrsatdi”, deydi Moʻgʻiliston sogʻliqni saqlash vazirligi vakili Dorjiyna Narangerela.
Taʼkidlanishicha, marhum shifoxonaga ketayotganda vafot etgan. Uch kun oldin, odatda, qora oʻlat tashuvchilari sifatida qayd etiladigan sugʻur goʻshtini yegan oʻsmirning barcha yaqinlari hozirda karantinga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring