Mobil javonga ega ilk arxiv binosi foydalanishga topshirildi
Bugungi kunda Sirdaryo viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida oltita davlat arxivi mavjud boʻlib, ularda jami 550 mingdan ziyod hujjat saqlanadi.
Xovos, Mirzaobod tumani va Yangiyer, Shirin shahrining arxiv hujjatlarini saqlashga xizmat koʻrsatuvchi Yangiyer davlat arxivi yangi binosi qisqa fursatda qurib, foydalanishga topshirildi.
Yangiyer davlat arxivida yuqorida qayd etilgan hududlarning ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy tarixini aks ettiruvchi 100 mingdan ortiq hujjatlar saqlanmoqda. Ularning eng qadimiysi 1917-yilga oid.
Zamonaviy va texnik jihatdan toʻliq yangilangan arxiv binosi avvalgisiga nisbatan 2 barobar koʻp, yaʼni 200 ming hujjat sigʻimiga ega. Binoga viloyatda yagona boʻlgan hujjatlarni sifatli va uzoq muddat saqlashga moʻljallangan zamonaviy “mobil” javonlar, shuningdek, zaruriy jihozlar, kompyuter jamlanmalari, internet tizimi va kuzatuv kameralari oʻrnatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring