Mobil aloqa operatorlari toʻlovlar miqdorini oshirayotgani yuzasidan tekshiruv boshlandi
Illyustrativ foto
Raqobat qoʻmitasi Oʻzbekistonda mobil aloqa operatorlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun narxlar oshirilayotgani yuzasidan oʻrganish boshlanganini maʼlum qildi.
Bildirilishicha, qoʻmita tomonidan mobil aloqa operatorlarining narxlarni oshirishi asosliligini oʻrganish maqsadida joriy oy boshida tegishli tartibda soʻrovlar yuborilgan.
Bugungi kunga qadar, xizmat sifatini yaxshilash va qamrovini kengaytirish yuzasidan aloqa operatorlari tomonidan amalga oshirilayotgan xarajatlarning narxlarga taʼsiri toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar koʻrib chiqilmoqda.
Qayd etilishicha, oʻrganish natijalarida operatorlar tomonidan raqobatga zid harakatlar, xususan muvofiqlashtirilgan harakatlarning alomatlari aniqlangan taqdirda oʻrnatilgan tartibda tekshirish oʻtkaziladi. Shuningdek, ushbu holatlar tasdiqlanganda amaldagi qonunchilikka muvofiq qatʼiy choralar koʻrilishi maʼlum qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring