Misrdan Oʻzbekistonga gepatit S kasalligiga qarshi dorining navbatdagi partiyasi yetkazildi
“Dunyo” axborot agentligi xabariga koʻra, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan gepatit S kasalligiga qarshi “Daklatasvir” dori vositasining navbatdagi qismini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga bepul yetkazib berdi.
Umumiy hajmi 12 mingdan ortiq mazkur preparatlar Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti tomonidan ushbu kasallikdan aziyat chekayotgan bemorlarga taqsimlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Misr sogʻliqni saqlash idoralari oʻrtasidagi hamkorlik tufayli 2023-2024-yillarda gepatitga qarshi umumiy qiymati 4,8 million dollarlik 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) “Daclatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalari mamlakatimizga bepul yetkazib berilishi belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring