Misr gazetasi Oʻzbekistonning koronavirusga qarshi kurashish borasidagi saʼy-harakatlari haqida nimalar yozmoqda?

19:09 16 Iyul 2020 Jamiyat
829 0

Misrning «Al-Xabar al-youm» (“Kun xabari”) gazetasi oʻz oʻquvchilarini muntazam ravishda Oʻzbekistonning milliy iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash va koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan saʼy-harakatlari bilan tanishtirishni davom ettirmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Navbatdagi maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Kimyoviy, biologik, radiologik va yadro materiallari bilan bogʻliq xavflarni yumshatish boʻyicha ilgʻor tajriba markazining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy kotibiyati, Virusologiya instituti, Yevropa Ittifoqi, Bundesver Mikrobiologiya instituti (Germaniya), Xalqaro fan va texnika markazi (Qozogʻiston), boshqa xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Markaziy Osiyodagi hamkor davlatlarning milliy muvofiqlashtiruvchilari vakillari oʻrtasida oʻtkazilgan videokonferensiya haqida soʻz yuritiladi.

Onlayn konferensiya Yevropa Ittifoqining “Milliy qonunchilik bazasini mustahkamlash va Markaziy Osiyo mamlakatlarida biologik himoya va biologik xavfsizlik boʻyicha maxsus treninglar oʻtkazish” loyihasi doirasida oʻtkazilgan.

Tomonlar ikkita koʻchma laboratoriyani yetkazib berish bilan bogʻliq masalalarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Covid-19 qarshi kurashish tajribasini muhokama qildi, deb yozadi nashr.

Xabar qilinishicha, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoning sherik mamlakatlarida koronavirusga qarshi kurash uchun 700 ming yevro miqdorida mablagʻ ajratgan.

Tadbir yakunida ishtirokchilar ushbu loyihani erta amalga oshirish doirasida faol ishlarni davom ettirish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi.

Mazkur gazetada nashr etilgan navbatdagi materialda Oʻzbekiston hukumati tomonidan Covid-19 pandemiyasining oqibatlarini yumshatish boʻyicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar haqida “Yuksalish” milliy harakati mutaxassislari tayyorlagan maʼlumotlar keltirilgan.

“Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha joriy etilgan chora-tadbirlarning umumiy qiymati 2020-yil 9-iyul holatiga 62,593 milliard soʻmni (6,13 milliard dollardan koʻproq) tashkil etgan”, deb yozadi «Al-Xabar al-youm».

Fuqarolarni ish bilan taʼminlashni ragʻbatlantirish, ishchilarning ish haqi va daromadlarini saqlash boʻyicha chora-tadbirlar yuqori baholanmoqda. Xabar qilinishicha, pandemiya davrida respublikada 374 ming fuqaroning bandligi va doimiy daromadlari taʼminlandi. Buning uchun, shuningdek, jamoat ishlari fondidan pul mablagʻlari va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun subsidiyalar ajratildi.

Umuman olganda, mamlakatda yordamga muhtoj 583 ming oila aniqlandi. «Saxovat va koʻmak» milliy harakati orqali ularga 307 milliard soʻmdan ortiq moddiy yordam koʻrsatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер