Mirzachoʻl qovunlari eksport qilinmoqda
Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Ayni kunlarda sirdaryolik dehqonlar yetishtirgan poliz mahsulotlari xorijga eksport qilinmoqda.
Xususan, Mirzaobod tumanining Bogʻiston mahallasidagi “Red pack” korxonasi tomonidan Mirzachoʻl qovunlari Latviya va Rossiya davlatlariga joʻnatilmoqda. Yil boshidan hozirgacha mazkur korxona tomonidan 9 milliard 250 million soʻmlik piyoz, karam qovun kabi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilindi. Korxonada mahsulotlarni tashqi bozorga tayyorlash va ularni qadoqlash yuqori sifatda bajarilmoqda.
— Eksport jarayonida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining fitosanitar tozaligiga ham jiddiy eʼtibor qaratilmoqda, — deydi Mirzaobod tumani oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimi rahbari Aziz Hamidjonov. — Chunki mahsulotlarning fitosanitar toza holatda, karantin obyektlarisiz eksport qilinishi eksport geografiyasining kengayishida, eng muhimi, yurtimizda yetishtirilayotgan neʼmatlarning dunyo bozoridagi oʻrni mustahkam va xaridorgir boʻlishida muhim ahamiyatga ega.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring