Mirobodda sifati kafolatlanmagan dori vositalarini savdosining oldi olindi

09:56 30 Iyul 2025 Jamiyat
216 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “T.Ph.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi fuqaroga kirim hujjati boʻlmagan “Aktovegin” nomli dori vositasini sotgan vaqtida qoʻlga olingan.

Shuningdek, ushbu dorixonadan realizatsiya qilish maqsadida saqlab kelingan umumiy bahosi 264,2 million soʻmlik 397 turdagi sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер