Mirobod tumanidagi qurilish mahsulotlari omborida yongʻin sodir boʻldi
Toshkentning Mirobod tumanidagi qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonada yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.
Unga koʻra, 28-aprel kuni soat 07:00 da Mirobod tumani, “Abdurauf Fitrat” MFY, G.Aliyev koʻchasida joylashgan qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonalarning birida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida FVBga xabar xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 07:02 da hodisa joyiga yetib borgan va oʻt soat 08:33 da oʻchirilgan. Yongʻin natijasida omborxonaning taxminan 500 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib, zararlangan.
Yongʻinni bartaraf etishga 12 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hozirda hodisa sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Xabarda yongʻin oqibatida tan-jarohati olganlar yoʻqligi aytilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring