Mintaqadagi nodavlat notijorat tashkilotlarining xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi ilgʻor tajribalari, amaliyoti va innovatsion yondashuvlari
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Ushbu sessiya davomida ishtirokchilar nodavlat notijorat tashkilotlarining xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi ishtirokini yanada kengaytirish, kamsitishning turli koʻrinishlarini bartaraf etish va dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etishga koʻmaklashish, xotin-qizlarning malakasini oshirish, kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini koʻrib chiqadi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar nodavlat notijorat tashkilotlari mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida faol ishtirok etib, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish boʻyicha samarali faoliyat olib borayotgani, ularga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, shuningdek, biznes va xususiy tadbirkorlikni amalga oshirish oʻrgatilayotgani haqida oʻz mamlakatlari tajribasi bilan oʻrtoqlashadi.









Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring