Milliy Tibbiyot Markazida takroriy buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi

17:04 11 Dekabr 2024 Jamiyat
511 0

Foto: Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati

Milliy Tibbiyot Markazida takroriy buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi

Milliy Tibbiyot Markazida 4-yil avval chet elda buyrak koʻchirib oʻtkazilgan, ammo keyinchalik buyrak yetishmovchiligi bilan murojaat qilgan bemorga takroriy buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati xabariga koʻra, bemor ilgari transplantatsiya qilingan buyrakning funksional yetishmovchiligi sababli markazga murojaat qilgan. Markazning yuqori malakali transplantologlari tomonidan yangi buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtib, bemorning qayta hayotga qaytdi. Ayni paytda bemor 4 ta buyrak bilan yashamoqda.

Hozirda bemorning sogʻligʻi barqaror boʻlib, u markazning tibbiy nazoratida. Ushbu amaliyot Milliy Tibbiyot Markazining murakkab operatsiyalarni oʻtkazishdagi yuqori tajribasi va malakasidan dalolat beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер