Milliy mazmundagi tele va radiodasturlarni tayyorlash jarayoni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqiladi

13:31 04 May 2023 Siyosat
807 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) faoliyati bilan shugʻullanish uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan «Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, teleradioeshittirish tizimini modernizatsiya qilishga, milliy mazmundagi dasturlarni tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga, shuningdek isteʼmolchilarga zamonaviy milliy mazmundagi dasturlarni taqdim etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Qizgʻin muhokama va savol-javoblardan soʻng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер