«Mikrokreditbank»: xotin-qizlar tadbirkorligi faol qoʻllab-quvvatlanmoqda

22:51 12 May 2022 Iqtisodiyot
888 0

Foto: Illustrativ foto

Reklama huquqi asosida

Ayollar bandligini taʼminlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bu borada duch kelayotgan muammolariga yechim topish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim jihatlaridan sanaladi. «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan ham xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida 8 294 nafar xotin-qizning turli yoʻnalishdagi loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha 191,9 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada 8 475 nafar ayollarning bandligi taʼminlandi.

Shuningdek, 2022-yilda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqdaki, bunda oʻtkaziladigan xatlov natijalariga koʻra, navbatdagi bosqichda daftarga kiritilgan, tadbirkorlik istagida boʻlgan xotin-qizlarga imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilishida koʻmaklashildi. Va bu kabi ishlar davom ettiriladi. Yana «Mikrokreditbank» ATB tomonidan hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ham aholiga keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida joriy yil boshidan bugunga qadar hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 8,3 mlrd. soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratildi.

Eʼtiborlisi, imtiyozli kreditlarning 5,1 mlrd. soʻmi “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlgan 117 nafar hunarmand tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Bu bank jamoasining joriy yil yanvar-aprel oylarida bir yoʻnalishdagi saʼy-harakatlari. Lekin jarayon toʻxtab qolmaydi. «Mikrokreditbank» ATB bu boradagi yanada ulkan loyihalari bilan aholining tadbirkorlik faoliyatiga munosib hissa qoʻshishda davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер