Mikrobiolog koronavirus oziq-ovqatdan ham yuqishi mumkin. Qachonki...

16:56 29 May 2020 Dunyo
1777 0

Illyustrativ surat

Koronavirusni yuqtirib olgan inson tegingan oziq-ovqat mahsulotlari orqali infeksiya boshqalarga ham yuqishi mumkin.

Bu haqda mikrobiolog, “Aqlli Moskva” loyihasi boshlovchisi Yevgeniy Plisov «Zvezda» kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi. Uning taʼkidlashicha, infeksiya qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan yuqmaydi.

“Biror bir mahsulot oʻzida virusni saqlashi va shu yoʻl bilan yuqishi haqida dalillar yoʻq. Ammo koronavirusni oziq-ovqat mahsulotlaridan ham yuqtirib olish ehtimoli bor. Qachonki, infeksiyaga chalingan inson qoʻliga yoʻtalib, u bilan oziq-ovqat solingan paketni yoki taomning oʻzini uzatsa va siz unga qoʻl tekkizib, keyin yuzingizga teginsangiz koronavirusni yuqtirish ehtimoli yuqori boʻladi”, - deydi mutaxassis.

Shuningdek, Plisov qadoqlangan mahsulotlardan virus yuqmasligini yana quyidagi quyidagi dalil bilan izohladi.

“Bunday mahsulotlar isteʼmolga yetib kelguncha ancha vaqt oʻtadi va bu muddatda ularda virus saqlanib qolmaydi. Shu bois bunday yoʻl orqali infeksiya yuqishi nolga teng”, deydi mikrobiolog.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер