Migratsiya agentligi direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Toshtemirov Elyor Dilshodovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Elyor Toshtemirov 1985-yilda Fargʻona viloyatida tavallud topgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro iqtisodiy munosabatlar yoʻnalishini tamomlagan.
U mazkur tayinlovga qadar Migratsiya agentligi Tashkiliy va ijro intizomi nazorati, strategik rejalashtirish va KPI bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Toshtemirov migratsiya sohasida 17-yillik tajribaga ega.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring