Migrantlar Moskvadagi 25 ta poliklinikada emlanishi mumkin
Moskva meriyasi maʼlumotiga koʻra, 7-iyul, chorshanba kunidan boshlab chet el fuqarolari 25 ta Moskva poliklinikalarining pullik boʻlimlarida COVID-19ga qarshi emlanishi mumkin. Bu emlash punktlari “faqat jismoniy shaxslar uchun, tashkillashtirilgan guruhlar emlanmaydi”, deb aniqlik kiritildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Hozirgi kunda Saxarovo migratsiya markazida, «Sadovod» bozori va Lujniki stadionida xorijiy fuqarolarning emlash ishlari olib borilmoqda. Bu yerda tashkillashtirilgan guruhlar emlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring