Yevroittifoq yetakchilari migratsiya siyosati borasida kelishib olishdi

14:55 29 Iyun 2018 Dunyo
2257 0
Foto: ТВ Центр

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining rahbarlari Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammitda qochqinlarni qabul qilib olish masalasida yagona siyosat borasida kelishib olishdi. Bu haqda Yevropa Kengashi raisi Donald Tusk ma’lum qildi.

Bundan avval yakuniy hujjatni inkor qilgan Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte salkam o‘n soat davom etgan muzokaralardan so‘ng kelishuvga imzo qo‘yishga rozi bo‘ldi. Yakuniy kelishuvga binoan YEI mamlakatlari ko‘ngilli ravishda muhojirlarni qabul qiladi, a’zo davlatlar o‘rtasida qochqinlarni taqsimlash ko‘zda tutilmaydi.

Ma’lumki, migratsiya siyosatini isloh qilinishi Italiya tomonidan talab qilingan edi. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, migrantlar uchun mas’uliyat ularni Yevropa Ittifoqi hududiga kirib kelishi bilan ro‘yxatga olgan mamlakat o‘z zimmasiga tushadi. Binobarin, bunday javobgarlikning katta qismi Janubiy Yevropa mamlakatlari zimmasiga tushyapti.

Xususan, 11 iyun kuni Italiya O‘rta yer dengizida qutqarilgan migrantlar tushgan kemani qabul qilishdan voz kechdi. Fransiya va Ispaniya rahbarlari bu qarorni tanqid qildi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning so‘zlariga qaraganda, YEIdagi migratsiya inqirozi siyosiy inqirozgacha yetib bordi.

Kelishuv imzolanganidan so‘ng Makron bayonot berib, Yevropa uzoq vaqt mobaynida migratsiya bosimi ostida yashashga majbur bo‘lishini aytdi. YEI mamlakatlari Yevropa qadriyatlariga sodiq qolgan holda bu chaqiriqqa qarshi turishga ulgurishlari kerak.

Makron ushbu kelishuvni “Bugun Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi birdamlik g‘alaba qozondi“, deya izohlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер