MIB: Yashirin tarmoqlar fosh etilmoqda

13:29 24 Iyun 2020 Jamiyat
957 0

Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar boʻlimlari tomonidan kunlik oʻtkazilayotgan tadbirlar mobaynida tarmoqlardan yashirin ravishda foydalanayotgan isteʼmolchilarning noqonuniy qilmishlari fosh etilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 17-iyun kuni Byuronig Yangiqoʻrgʻon tuman boʻlimi xodimlari tomonidan Gʻovazon mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Farhod Mamasidoqovga tegishli hovli va dala maydonlarning tarmoqlardan foydalanishi, toʻlov intizomiga rioya etilishi oʻrganildi.

Tezkor xodimlarda shubha uygʻotgan simlar obdon koʻzdan kechirilganda noqonuniy holatga duch kelindi. Yaʼni, elektr energiyasi hisoblagichiga ulangan simlarining ulanish sxemasi buzilgani maʼlum boʻldi. Mazkur holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, tarmoqdan vaqtincha ajratildi. Fuqaroning ushbu noqonuniy xatti-harakati bilan taʼminotchi korxona yetkazilgan zarar hisob-kitob qilinganda 2 150 600 soʻmni tashkil etdi.

Byuroning Norin tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir mobaynida ham yashirin tarmoqlardan foydalanayotgan isteʼmolchilarning huquqbuzarliklar aniqlandi. Xususan joriy yil 18-iyun kuni oʻtkazilgan tadbirlar mobaynida tumanning Doʻmar mahallasida yashovchi Mirzoxit Oʻtbosarovning xonadoni koʻrilganlda tarmoqdan, hisoblagichdan tashqari ulanib foydalanayotgani aniqlandi. Yoki Boʻston mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Tohir Qosimov xonadonida “hech kim bilmaydi” deya yashirin tarmoq orqali ulanib, foydalanayotgani maʼlum boʻldi. Shu mahallada yashovchi Madina Xoshimova xonadonida oʻtkazilgan koʻrik mobaynida elektr energiyasi hisoblagichidan tashqari yashirin ulanib olgani tezkor xodimlari tomonidan fosh etildi. Har uchchala holat yuzasidan ham tegishli dalolatnoma rasmiylashtirldi. Tarmoqdan vaqtincha ajratildi. Hozirda taʼminotchi korxonalarga yetkazilgan zarar hisoblanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, byuro organlari tomonidan tadbirlar davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер