Metropolitenda hech qanday yongʻin chiqmagan — Toshkent metropoliteni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Metropolitenda yongʻin chiqdi” mazmunida xabar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent metropoliteni quyidagilarni maʼlum qiladi:
Ushbu holat joriy yilning 17-avgust sanasida soat 00:20 lar atrofida sodir boʻlgan.
Barchangizga maʼlumki, bu vaqtda bekat yoʻlovchilar uchun yopiq boʻladi va tizimli texnik hamda xoʻjalik ishlari amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tarmoqda yongʻin, deya taʼkidlangan jarayon hech qanday yongʻin emas, balki bekatda amalga oshirilgan rejaviy xoʻjalik ishi, yaʼni metro yoʻlidagi chaqiq toshlarni tekislovchi texnik uskunadan chiqqan tutun hamda chaqiq toshlardan hosil boʻlgan changlardir.
Bu kabi texnologik jarayonlar belgilangan jadval asosida tizimli ravishda amalga oshiriladi va uning xavfsiz amalga oshirilishi doimiy tarzda nazorat qilib boriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring