Metroda tugʻilgan chaqaloq va uning onasiga metro umrbod bepul boʻladi
Kecha, 6-oktyabr kuni Toshkent metropolitenining Gʻafur Gʻulom bekatida chaqaloq dunyoga kelgani haqida xabar berilgan edi. “Toshkent metropoliteni” metroda tugʻilgan chaqaloq va onasiga butun umrlik esdalik sovgʻasi topshirilishini maʼlum qildi.
“Gʻafur Gʻulom” bekatida sodir boʻlgan hayotiy ahamiyatga ega voqea — metro bekatida chaqaloqning dunyoga kelishi — koʻpchilikni hayratda qoldirdi. Toshkent metropoliteni rahbariyati ushbu unutilmas holat munosabati bilan onaga va tugʻilgan farzandiga butun umr bepul metrodan foydalanish huquqini beruvchi maxsus kartani topshirishi rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, xizmat davomida ogohlik va jasorat namunasini koʻrsatgan navbatchi xodima — Naima Maxamadjonova hamda jarayonda ishtirok etgan bir qator metro xodimlari Toshkent metropoliteni rahbariyati tomonidan ragʻbatlantirilishi ham taʼkidlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring