Metan zapravkalar odatiy ish rejimiga qaytmoqda
Bugun, 17-mart kuni Oʻzbekistondagi metan zapravkalar (AGTKSH) soat 10:00 dan boshlab faoliyat yuritadi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Fargʻona vodiysi viloyatlarida metan zapravkalarning ish grafigi gaz bosimini inobatga olgan holda, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda havo haroratining pasayishi munosabati bilan metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring