Messi pul topish bo‘yicha ham Ronalduni ortda qoldirdi

Jahon chempionati boshlanadigan kunda Forbes jurnali tomonidan e’lon qilingan reytingda argentinalik Lionel Messi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylandi. Uning yillik daromadi 111 million AQSH dollari miqdorida ekanligi aniqlandi. Shundan 84 millioni o‘z to‘p suradigan klubidan kelib tushsa, qolgani reklamalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘tgan yili mazkur reytingda yetakchilik qilgan Krishtianu Ronaldu 108 million dollar bilan ikkinchi pog‘onaga tushib qoldi. Uning maoshi va mukofotlari birgalikda 61 million, reklamadan oladigan daromadi esa 47 million dollarga teng bo‘ldi. Jurnalda yozilishicha, portugaliyalik iste’dod egasining reklamadan topadigan mablag‘lari o‘tgan yilga nisbatan uch barobar oshgan.
Messi esa o‘z pozitsiyasini o‘tgan yili “Barselona” bilan tuzgan shartnomasini uzaytirgani evaziga yaxshilab oldi. Uning maoshi oldingi safardagi reytingdagidan ikki barobardan ziyod ko‘paygan.
Uchinchi o‘rin braziliyalik Neymarga nasib etdi. Uning bu boradagi ko‘rsatkichi 90 million dollar bo‘ldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring