Merkelning vorisi kim boʻlishi mumkin?
Sogʻliqni saqlash vaziri Yens Shpan mamlakat kansleri lavozimiga daʼvogarlik qilishi va gʻalaba qozonsa, Angela Merkelning vorisiga aylanishi mumkin. “Bild” nashrining yozishicha, koronavirus pandemiyasi paytida u ancha mashhur boʻldi. Hozirda u oʻz nomzodini qoʻyish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.
2021-yil yanvardagi qurultoyda partiyaning yangi rahbari saylanadi va u kanslerlikka nomzodlik qiladi.
Dekabr oyida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, Shpanning obroʻsi tobora ortib bormoqda va uning reytingi Merkelnikidan ham oshib ketgan.
Eslatib oʻtamiz, Merkel oʻzining yangi yildagi soʻnggi murojaatida endi Germaniya kansleri lavozimiga daʼvogarlik qilmasligini maʼlum qilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring