“Mening oilam — mening huquqim” shiori ostida bepul huquqiy maslahatlar aksiyasiga start berildi

13:30 25 Mart 2026 Jamiyat
451 0

Oʻzbekiston Notarial palatasi tizimida “Mening oilam — mening huquqim” shiori ostida bepul huquqiy maslahatlar aksiyasiga start berildi. Mazkur aksiya “Yuksalish” harakati koʻmagida tashkil etilmoqda.

Aksiya doirasida respublikamiz hududlaridagi 20 ta manzilda aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Aksiya tadbirlarida 100 nafarga yaqin xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar fuqarolarga meros ishini ochish tartibi, merosxoʻrlarni aniqlash, talab etiladigan hujjatlar roʻyxati, onlayn notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi, eskrou tartibida uy-joy va avtotransport vositalarini oldi-sotdi qilish, nikoh shartnomasini tuzish toʻlovlar, merosdan voz kechish tartibi va boshqa notarial harakatlar yuzasidan bepul huquqiy tushuntirishlar bermoqdalar.

Aksiya doirasida shu damgacha jami 2000 dan ortiq fuqaroga bepul huquqiy maslahat koʻrsatildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga aksiya doirasida tayyorlangan targʻibot materiallari tarqatilib, huquqiy ong va madaniyatni oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.

Ayni shu kabi tadbirlar ertaga ham respublikamizning 20 ta manzilida boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер