“Mening bogʻim” loyihasiga start berildi
Oʻzbekistonda “Mening bogʻim” loyihasiga start berildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, jarayon quyidagi 3 ta bosqichda oʻtkaziladi:
Taklif kiritish (10-iyundan — 20-iyungacha);
Saralash (20-iyundan — 23-iyungacha);
Ovoz berish (23-iyundan — 3-iyulgacha).
Avvalroq, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida Prezident farmoni imzolangani haqida xabar bergan edik.
Unga koʻra, davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlarning kamida 50 foizi “yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bogʻim” loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Bunda aholi tashabbusi bilan “yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish boʻyicha maydon manzili va rasmlari koʻrsatilgan holda qiymati 250 mln soʻmdan oshmagan tashabbus bildiriladi.
“Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida oʻtkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring