“Mening bogʻim” loyihalarini tashkil etish jarayonlari takomillashtiriladi
Joriy yilning 7-aprel kuni Prezidentning “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishda jamoatchilik hamda xalq vakillari ishtirokini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF–56-son Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan “Mening bogʻim” loyihalarini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish, ularni amalga oshirishda yangi mexanizmlarni joriy qilishning asosiy vazifalari belgilandi. Unga koʻra, “Mening bogʻim” loyihalari tanlovida gʻolib boʻlmagan loyihalarni saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqqan holda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan gʻolib deb eʼlon qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Ushbu loyihalar hududning tuproq-iqlim sharoiti va suv taʼminotiga mos ravishda shakllantiriladi va loyihalar doirasida yashil bogʻlar va yashil jamoat parklarida daraxtlar va oʻsimliklarni ekish, ularni doimiy parvarishlash, barpo etilgan obyektlar holatini sifatli saqlashning yangi amaliyoti kiritiladi.
Farmonga koʻra, “Ochiq byudjet” axborot portalidagi tanlovda gʻolib boʻlmagan kamida 1 ta “Mening bogʻim” loyihasini deputatlar tomonidan tegishli saylov okrugidagi saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqib, gʻolib deb eʼlon qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring