Mening akam — Vatan himoyachisi

13:49 07 Yanvar 2020 Jamiyat
3574 0

“Xalq soʻzi ONLINE”. Istam Ibrohimov/Buxoro. Buxoroda “Mening akam — Vatan himoyachisi!” deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Unda Qoraqalpogʻistonda yigitlik burchini oʻtayotgan buxorolik askarlarning aka-ukalari, ota-onalari, yor-birodarlari, shuningdek, Buxorodagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan qoraqalpogʻistonlik askarlar hamda jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

“Harbiy vatanparvarlik” oyligi doirasida oʻtkazilgan bu oʻziga xos tadbir sharofati bilan askar yigitlar va ularning yaqinlari videoaloqa vositasida muloqot qilish imkoniga ega boʻldilar.Telekoʻprikda soʻz olgan askarlar milliy armiyamiz safida bilimlarini oshirishayotgani, zarur koʻnikmalarga ega boʻlishgani, hayot, ota-ona qadrini chuqur his etishayotgani haqida soʻzlab berishdi. Oʻz navbatida ota-onalar oʻz chiqishlarida milliy armiyamizda yaratilgan shart-sharoitlardan xursandliklarini bildirib, farzandlariga ezgu tilaklarini izhor etishdi.

— Bu diydorlashuvdan koʻnglimiz gʻururga toʻldi, — deydi Qoraqalpogʻistonda yigitlik burchini oʻtayotgan oddiy askar otasi Toshpoʻlat Toʻrayev. — Shunday mard, qatʼiyatli, intiluvchan, ona — yurtini jon-dilidan sevadigan yigitlarimiz bor ekan, tinchligimizga hech kim raxna sola olmaydi. Bu videomuloqot tadbirda qatnashgan koʻplab yoshlarimiz, askar ukalarining yuragida ham Vatanga muhabbat, sadoqat tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qildi, albatta.

Tadbirda yangragan kuy-qoʻshiqlar barchaga bayramona kayfiyat bagʻishladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер