Menga son emas, sifat muhim — Agripinna Shin
Joriy yilning 22-oktyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligining navbatdagi Hayʼat yigʻilishi videoselektor tarzida boʻlib oʻtdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Yigʻilishda maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimi va elektron navbat tizimini joriy etishdagi muammolar xususida soʻz bordi. Asosan bolalarni navbatga qoʻyish tizimini mukammal oʻrganishlari uchun hududiy MTTlarda AKT sohasida faoliyat olib boradigan xodimlarni tizimli malakasini oshirish, fuqarolarning murojaatlariga tezkor va sifatli javob berish maqsadida koll-markazlarini tashkil etish takliflari ilgari surildi.
Oʻtgan yili pedagogika yoʻnalishida kollejlarni bitirgan yoshlarni ish bilan taʼminlash masalasiga urgʻu berildi.
“Bitiruvchilarning bandligiga koʻmaklashish orqali MTTlarga yosh kadrlarni jalb qilish koʻlamini kengaytirish faoliyatning yana bir samarasi boʻladi”, dedi Agripinna Shin.
Yigʻilish yakunida har bir yoʻnalish boʻyicha boshqarma boshliqlarining hisobotlari tinglandi.
Hisobotlarni tinglash chogʻida vazir sifatga ahamiyat qaratishni quyidagi soʻzlar bilan alohida taʼkidladi: “Menga son emas, sifat yuqoriligi muhim. Eʼtiboringizni sonni koʻpaytirishga emas, sifatni yaxshilashga qarating”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring