Men hech qachon AQSH va Rossiya oʻrtasida bizning ishtirokimizsiz qabul qilingan Ukrainaga oid qarorlarni qabul qilmayman — Zelenskiy

13:01 17 Fevral 2025 Dunyo
358 0

Maʼlumki, 18-fevral kuni Saudiya Arabistonida AQSH va Rossiya vakillarining Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha muzokaralari boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur muzokaralar yuzasidan “NBS News” nashriga intervyu berdi.

Zelenskiyning fikricha, AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisini tinchlik muzokaralariga jalb qilishga qodir yagona shaxs hisoblanadi.

“Men Trampga ishonaman, chunki u AQSH prezidenti. Amerika xalqi unga ovoz berdi va men ularning tanlovini hurmat qilaman. Ammo hech qachon AQSH va Rossiya oʻrtasida bizning ishtirokimisiz qabul qilingan Ukrainaga doir qarorlarni qabul qilmayman”, — deydi Zelenskiy.

Bundan tashqari, Ukraina yetakchisi AQSH Rossiya bilan muzokaralar oʻtkazsa, Putinning hech bir gapiga ishonmaslik kerakligini qatʼiy taʼkidlagan.

“Putinning oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi soʻzlariga ishonmang. U bilan 2019-yilda ham tinchlik bitimi tuzishga urinib koʻrganmiz, u qotil va hech qachon oʻzgarmaydi”, — dedi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер