Meksikadagi mehmonxonalardan biridan oʻnlab chet elliklar oʻgʻirlab ketildi

22:05 15 Sentyabr 2021 Dunyo
1403 0

Foto: Reuters

Nomaʼlum qurollangan shaxslar Meksikaning Mateuala shahridagi "Sol y Luna" mehmonxonasidan oʻnlab xorijlik fuqarolarni oʻgʻirlab ketishdi. 

“BBC News” xabariga koʻra, oʻgʻirlanganlar asosan Gaiti, Kuba va Venesuela davlatlari fuqarolari boʻlgan. Ular orasida bolalar va homilador ayol ham boʻlgan. Jinoyatchilar, shuningdek, 16 nafar meksikalikni ham olib ketishgan. Keyinchalik ular qoʻyib yuborilgan.

Huquq-tartibot idoralari garovga olinganlarni qidirishni boshlagan. Ammo bosqinchilar mehmonlarni qayd etish jurnalini ham olib ketishgani bois ularning shaxsini aniqlash qiyin boʻlmoqda. Qayd etilishicha, hozircha 20 nafardan ortiq xorijlik qutqarilgan. Ularga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Koʻp muhojirlar keyinchalik AQSHga koʻchib oʻtish uchun Meksikaga keladi. Ularga giyohvandlik kartellari aʼzolari tez-tez hujumi va taʼqibiga duch keladi. Chet elliklar koʻpincha tovon puli undirish maqsadida oʻgʻirlab ketiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер