“Mehr-muruvvat karvoni” yoʻlga tushdi
Joylarda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari qoshida ehtiyojmand insonlarga xayriya yordamlarini manzilli yetkazilishiga koʻmaklashuvchi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari faoliyat yuritmoqda. Andijon viloyatida 262 nafar koʻngilli volontyorlar tomonidan Markazda tashkil qilingan 1197 qisqa raqam orqali 5 ming 578 dan ziyod murojaatlar qabul qilinib, 4 ming 374 ta ehtiyojmand oilalar, yolgʻiz keksalar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlamlari roʻyxatga olindi.

— Bugungi sinovli kunlarda ehtiyojmand insonlarga yordam qoʻlini choʻzayotgan hukumatimiz vakillaridan minnatdorman, — deydi Paxtaobod tumanida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Sanobarxon Ahmedova. —Xalqimiz mana shunday insoniylik tuygʻularini unutmagan ekan, demak har qanday? baloni hamjihatlikda yengib oʻtamiz.
Shu kunga qadar Markazga xomiylik tomonidan 253.000.800 soʻmlik xayriya mablagʻi hamda 133.340.600 soʻmlik oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar yetkazib berildi. Ular oʻz navbatida yordamga muhtoj oilalarga yetkazib berilmoqda.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring