“Mehnatobod”liklarning yarim asrlik orzusi amalga oshdi
Asaka tumanidagi “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yigʻini hududida koʻrkam va zamonaviy koʻrinishga ega oilaviy shifokorlik punkti qurilib, foydalanishga topshirildi.

— Yangi binoda fuqarolar salomatligini nazorat qilish, bemorlar sogʻligʻini tiklash uchun barcha sharoitlar mavjud, — deydi bosh shifokor Lutfullo Matqosimov. — Zamonaviy tibbiy jihozlar orqali oʻnlab kasallik turlarini aniqlash va davolash imkoni yaratildi. Jumladan, umumiy amaliyot shifokori, patronaj xizmati, tugʻish yoshidagi ayollar hamda homilador va tugʻruqdan keyingi doya xizmatlari, oʻndan ortiq turdagi biokimyoviy tahlillarni oʻtkazish boʻyicha laboratoriya, profilaktik emlash xizmatlari joriy etildi.

Maskanda nafaqat, tashxis qoʻyiladi, balki, kunduzgi davolanish amaliyoti ham yoʻlga qoʻyilgan. Muolaja davrida bemorlar 120 turdagi dori vositalaridan bepul foydalanishlari mumkin. “Tez tibbiy xizmat” orqali istalgan manzilga borib, xizmat koʻrsatish imkoni yaratildi. Yangi muassasaga quyosh panellari oʻrnatilgani elektr muammosini hal etishda qoʻl kelmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring