«Megi» toʻfoni Filippinda 40 nafardan ortiq odamning umriga zomin boʻldi
Foto: ТАСС
Filippindagi «Megi» tropik toʻfoni qurbonlari soni 42 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat rasmiylari maʼlum qildi. Oldinroq hayotdan koʻz yumganlar soni 28 gacha yetishi mumkinligi aytilgandi.
10-aprel kuni «Megi» toʻfoni mamlakat sharqiy qismidagi Samar, Biliran va Leyte orollariga zarba bergan edi. Atmosfera, geofizika va astronomik xizmatlar boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, uning markazida shamolning maksimal tezligi 29,1 m/s gacha kuchaygan.
Umuman olganda, toʻfondan 139,1 mingdan ortiq odamni jabr koʻrdi. Tabiiy ofat oqibatida mamlakatning toʻqqiz viloyatida 38,3 mingdan ortiq oila oʻz uyini tark etdi, 4,5 ming kishi oldindan evakuatsiya qilingan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring