MCHJ rahbari Boʻzatov tumaniga hokim boʻldi

15:30 07 Mart 2022 Jamiyat
1205 0

Foto: joqargikenes.uz

Bugun, 7-mart kuni xalq deputatlari Boʻzatov tuman Kengashining navbatdan tashqari qirq beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida bir qancha masalalar koʻrib chiqildi.

Sessiyada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Kamolov ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidan tuman aholisining turmush sharoitini yaxshilash, tuman iqtisodiyotini rivojlantirish, bu borada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarga qulay shart-sharoit yaratish, ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar farovonligini taʼminlash masalalari oʻrin oldi.

Sessiyada ayni paytda tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan M.Kaipanov boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan Allaniyazov Kamal Amanbayevichni tuman hokimi lavozimiga tayinlash masalasi koʻrib chiqildi. Koʻrsatilgan nomzodni tuman Kengashining deputatlari qoʻllab-quvvatladi.

Sessiyada Allaniyazov Kamal Amanbayevich Boʻzatov tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Oʻz navbatida, Q.Allaniyazov oʻziga bildirilgan ishonchni oqlash, tumanning bilim va tajribasini har tomonlama rivojlantirish, xususan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini moddiy qoʻllab-quvvatlash, muammolarga qoʻshimcha yechim topishni taʼkidladi.

Shundan soʻng xalq deputatlari Boʻzatov tuman Kengashining navbatdan tashqari qirq beshinchi sessiyasi oʻz ishini yakunladi.
Maʼlumot uchun, Allaniyazov Kamal Amanbayevich tayinlovga qadar Shegem Kegeyli tumani gʻaznachilik boʻlimi boshligʻi, “Qoraqalpoq agrokimyo” AJ Kegeyli tuman filiali direktori, “ “Yerkindarya sharua” chorvachilik va dehqonchilikga ixtisoslashgan masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Kegeyli tumani hokimi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер