Mbappe Ispaniya Superkubogida maydonga chiqmaydi
“Real Madrid” klubining Ispaniya Superkubogi uchun qaydnomasi eʼlon qilindi. Bu haqda klubning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Ahamiyatlisi, ushbu qaydnomadan “Real Madrid” yetakchisi Kilian Mbappe oʻrin olmadi. Avvalroq, futbolchi tizzasidan olgan jarohati sababli musobaqada ishtirok eta olmasligi aytilgan edi.
Maʼlumot uchun, Ispaniya Superkubogi musobaqasi 7–11-yanvar kunlari Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadi. Unda “Real Madrid”, “Barselona”, “Atletiko” va “Atletik Bilbao” jamoalari ishtirok etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring