Majburiy badal uchun toʻlangan pullarni oʻzlashtirgan shirkat masʼul shaxslari aniqlandi

18:42 13 Iyun 2023 Jamiyat
818 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “M.X.” uy-joy mulkdorlari shirkati masʼul shaxslari 2019-2021-yillarda 8 ta koʻp qavatli uylarda yashovchi aholi tomonidan majburiy badal uchun toʻlangan jami 620,7 mln soʻm pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер