Andijondagi masjidda o‘g‘irlik sodir etildi
Iymoni, eʼtiqodi but kishi masjidga ezgu niyat va ezgu amal uchun boradi. Biroq oramizda gunoh bilan savobning farqiga bormaydigan, borsa ham unga amal qilmaydiganlar ham uchrab turadi. Ana shunday yurtdoshlarimizdan biri G.S. Andijon shahridagi “Oq go‘r” masjidining tahoratxonasiga poklanish niqobi ostida kirdiyu, o‘zgaga tegishli bo‘lgan “Iphone-X” rusumli telefon vositasini o‘g‘irlab ketdi.
Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring