Masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygani uchun uch nafar sudya lavozimidan ozod etildi
Foto: Illustrativ foto
3 nafar sudya oʻz faoliyatidagi masʼuliyatsizligi va kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etildi, ikki nafari javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oʻzbekiston Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, viloyat jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudi raisi R. Turginov va jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand viloyati Jomboy tuman sudi raisi M. Sherigitov, Buxoro viloyat sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi Sh. Neʼmatov qasamyodni buzgani uchun lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, jinoyat ishlari boʻyicha Xorazm viloyati Xonqa tuman sudi raisi M. Gʻasanov va fuqarolik ishlari boʻyicha Navoiy viloyati Karmana tuman sudi raisi Sh. Tagʻayev oʻz ish faoliyatidagi beparvolik va kamchiliklari uchun intizomiy javobgarlikka tortildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring