Masʼuliyat — muammolar yechimi

17:38 08 Aprel 2019 Jamiyat
1928 0

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan hududlarda tashkilot va idoralar, sektor rahbarlari tomonidan xalqni eshitish, muammolarini oʻrganish, aholining talab va istaklarini roʻyobga chiqarish maqsadida sayyor qabullar oʻtkazilib kelinayotganligi natijasida aholining koʻplab muammolari ijobiy yechimini topmoqda.

Xususan, 2019 yil viloyat markazidan 107 km uzoqlikda joylashgan Qiziriq tumani Yetimqum mahallasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi oʻrinbosari A. Usmanov, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri A. Eshmuratov hamda viloyat tashkilot va idoralar rahbarlari tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi.

Ushbu qabulda ishtirok etgan 152 nafar fuqaroning turli masalalarga oid 199 ta murojaatlari qabul qilindi va bu murojaatlarning aksariyati shu kunning oʻzidayoq hal etildi. Qoʻshimcha muddat talab etilgan murojaatlar nazoratga olinib, qisqa muddatlarda hal etib berish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda masʼul xodimlariga topshiriqlar berildi.

Jumladan, tumanning Bagʻrikeng mahallasida yashovchi Kamola Shoberdiyevava turmush oʻrtogʻi Bahodir Saparovlar 2008 yildan buyon 3 nafar farzandiga rasmiy nikohdan oʻtmaganligi sababli tugʻilganlik haqidagi guvohnomalarni olishmagan. Bu murojaat tuman FHDYO boʻlimi bilan birga oʻrganildi va ularga rasmiy nikoh rasmiylashtirilib, farzandlariga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar sayyor qabul jarayonida topshirildi.

Shuningdek, Karmaki mahallasida yashovchi Maqsuda Oʻrozova yillar davomida “Mikrokreditbank”ning tuman filialiga yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida tikuvchilikni rivojlantirish uchun kredit ajratishlarini soʻrab kelgan, ammo, uning murojaati qanoatlantirilmagan. Uning murojaat qabul jarayonida atroflicha oʻrganilib, “Mikrokreditbank” tuman filiali tomonidan fuqaro Oʻrozova Maqsudaga qonuniy tartibda 7 mln. soʻm kredit mablagʻi 5 aprel kuni chiqarib berilishi kafolatlandi.

Shu yerda haqli savol tugʻiladi, aksariyat murojaatlar yechimi yillar davomida paysalga solib kelinayotganining sababi nimada? Ana shu haqli savol mutasaddilarning halovatini buzsa, oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshsagina, muammolarni oʻz vaqtida hal etilishiga va aholining ertangi kunga boʻlgan umidini oshirishga xizmat qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер