Mashkura Safayeva vafot etdi
Uzoq davom etgan xastalik sabab Mashkura Safayevani 74 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.
Mashkura Safayeva qariyb chorak asr uzluksiz sudya lavozimida faoliyat koʻrsatdi. Bu davrda Olmazor (sobiq S. Rahimov) tuman sudida, Toshkent shahar sudida sudya, soʻng oʻn toʻrt yil Oliy sudi sudyasi, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi lavozimida ishladi. Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, spekir oʻrinbosari, bir muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasi raisi lavozimlarida mehnat qildi.
Mehnatlarining haqli eʼtirofi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Faxriy yorligʻi, “Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati” ordeni, “Sud faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
“Xalq soʻzi” nashri marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik izhor qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring