Mashinadagi bitta balonning oʻzi 40 ming dollar atrofida turadi – Prezident bilan uchrashgan “BelAZ”chi

15:11 11 Avgust 2021 Jamiyat
1767 0

Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev togʻ-kon sanoati texnikasini koʻzdan kechirib, samosval haydovchisi bilan suhbatlashgan edi.

Prezident bilan suhbatda “BelAZ” haydovchisi Aziz Yusupov maoshi 11−12 mln soʻmligi,yaqinda uyli boʻlgani va hozirda Malibu avtomashinasi borligini aytib bergan edi. Haydovchining maoshi bilan bogʻliq xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokama qilindi, uning buncha oylik olishiga shubha qilganlar ham talaygina.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga jurnalistlar uchun uyushtirilgan press-turda “BelAZ” haydovchisi Aziz Yusupov oylik maoshi borasidagi gaplarga izoh berdi.

Bu haqda “Xalq soʻzi” muxbiri xabar bermoqda.

«11-12 mln soʻm baʼzan undan ham koʻp oylik olishim haqiqat. Mana, oxirgi iyul oyi uchun chiqqan oyligim 13 mln 117 ming soʻm. Bu yerda ishlayotganimga toʻrt yil boʻlyapti. Ishga kirayotganimda imtihonlardan oʻtganman, keyin qabul qilishgan, ish davomida ham doimiy malaka oshirib boramiz.

Ishimiz osonmas, katta masʼuliyat bor zimmamizda. Mashina juda qimmat, smenam davomida unga javobgarman. Mashinaning bitta balonini oʻzi adashmasam 40 ming dollar atrofida turadi. Ishda loqaydlik qilsak, texnikani yaxshi boshqarmasak va nosozlik kelib chiqsa davlatga zarar. Ishda har doim hushyor boʻlish kerak. Hozir quruqchilik mavsumi, mashinani boshqarish osonroq. Qor, yomgʻirli kunlarida jarayon yana-da qiyinlashadi», deydi “BelAZ” haydovchisi Aziz Yusupov.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер