Mashhur “33 pingvin” brendi Toshkentga keladi

10:47 31 May 2018 Jamiyat
1650 0
Foto: franshiza-otzyvy.ru

Rossiyaning muzqaymoqlar va desertlar sotadigan mashhur “33 pingvin” brendi O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda.

Unga tegishli kafe, yozgi pavilon va tezkor savdo nuqtalari shu yil yozda Toshkentda ochiladi.

Mazkur brend mahalliy “Premium Trade Group” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Istiqbolda “33 pingvin” mahalliy savdo tarmoqlari va umumiy ovqatlanish muassasalari bilan ham hamkorlikda ish olib borishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, Rossiyaning mazkur brendiga 2004 yilda asos solingan bo‘lib, u muzqaymoq va desert kafelari tarmog‘i hisoblanadi. Ayni paytda Rossiya, Qozog‘iston, Belarus va Qirg‘izistondagi 180 ta shaharda o‘z shoxobchalariga ega. Asosiy mahsulotlari yuqori sifatli muzqaymoqlar, pishiriqlar, shirinliklar va salqin ichimliklardir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер