Masalalar yechimining zanjirli mexanizmi
Hasan PAYDOYEV - "Xalq so'zi"
Tashabbus bor joyda o‘sish, rivojlanish bo‘ladi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan barcha g‘oyalar ijrosi o‘z samarasini beryapti, deya ayta olamiz.
Bir misol, aholi muammolarini manzilli o‘rganish va hal etish maqsadida “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari” mexanizmi yo‘lga qo‘yildiki, bu masalalarni yechimida qo‘l kelyapti. Prezidentimizning muhim tashabbuslaridan yana biri, — bu hududlarni rivojlantirish bo‘yicha to‘rtta sektor faoliyati. Xo‘sh, bu tizim nima beryapti? Аvvalo, yuqorida sanalgan tashabbuslar ijrosi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Mahallalar kesimida muammolar aniqlandimi, demak, o‘sha mahalla qaysidir sektor rahbariga biriktirilgan bo‘ladi. Masalalar yechimi ana shunday zanjirli mexanizm asosida hal etilmoqda.
Hozir tizim ahamiyati xususida to‘xtaldim. Endi birgina 2-sektor misolida aniq tashabbuslar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar tahliliga o‘tsam.

Termiz tumanida 29 ta maxalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, 104 ming 800 nafar aholi istiqomat qiladi. Bizning tuman prokuraturasiga, yaʼni 2-sektorga sakkizta mahalla biriktirilgan. Bugungi kunda sektordagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, faollari bilan birgalikda og‘ir vaziyatga tushib qolgan 464 nafar oila aʼzolari bo‘lgan 2055 ta oilalar tanlab olinib, “Temir dartar”ga kiritilgan. Shundan, ijtimoiy ximoyaga muxtoj oilalar 15 ta, boquvchisini yo‘qotgan oilalar 11 ta, nogironi bor oilalar 9 ta va yakka-yolg‘iz hamda keksalar 5 tani tashkil etadi.
Аvvalo, “temir daftar”dagi ro‘yxatni kamaytirish bo‘yicha aniq choralarni belgilab olganmiz. Buning uchun oilalarning shart-sharoiti va imkoniyatlari batafsil o‘rganilib, natijasiga ko‘ra, 30 ta oilaga subsidiya asosida 1 sotixli issiqxona qurib berildi shuningdek, o‘ntasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun 0,20 — 25 sotixdan bir gektargacha yer maydoni ajratilishida ko‘maklashildi, 15 nafar oilalarga 1 donadan sigir yetkazib berildi hamda ushbu oilalarga muntazam ravishda 11 turdagi zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanib kelinmoqda.
Bandlik — muammolar yechimida eng muhim omil. Shu maʼnoda, sektor masʼullari tomonidan iqtisodiy, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, qurilish komplekslari, rasmiy va norasmiy sektor hamda boshqa faoliyat turlari doirasida 489 nafar ehtiyojmand oilalar aʼzolari doimiy, 68 nafar fuqarolar jamoatchilik ishlariga joylashtirilgan bo‘lib, 135 nafar fuqarolar kasbga o‘qitilgan hamda 286 nafar fuqarolar turli sohalariga ishga joylashtirilgan.

Shuningdek, “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida sektordagi 41 ta ehtiyojmand oilaga subsidiya asosida 1 sotixli issiqxonalar qurib berilib, ularning doimiy daromad manbai yaratilgan. Ko‘rsatilgan amaliy yordamlar, xususan, ishsizlarning bandligini taʼminlash orqali ularga doimiy daromad manbai yaratilganligi natijasida 455 ta oila mahalliy Kengash qarori asosida “temir daftar”dan chiqarilgan.
Shuningdek, 2-sektorda 5286 nafar yoshlar mavjud. Shundan 376 nafari “yoshlar daftari”ga kiritilib, yil boshidan buyon jami 336 nafar yoshga amaliy yordam ko‘rsatildi. Xususan, 76 nafari ishga joylashtirildi, “Har bir tadbirkor — yoshlarga madadkor” tamoyili asosida 24 nafari tadbirkorlarga biriktirildi, 62 nafariga 500,5 mln. so‘mlik kreditlar ajratish orqali tadbirkorlikka jalb etildi, 56 nafari kasb-hunarga o‘qitildi. Shuning bilan bir qatorda 85 nafar yoshlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun umumiy 21.3 gektar yer maydoni ajratildi.
Bundan tashqari, 2-sektorida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasi bo‘yicha 9 ming 937 nafar ayollarning manzilli ro‘yxati shakllantirilib, 489 nafari “ayollar daftari”ga kiritildi. Yil boshidan buyon jami 351 nafar ayollarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, ayollarning 41 nafari ishga joylashtirildi, 95 nafari kasb hunarga o‘qitildi, 83 nafariga kredit olib berildi, 15 nafariga tomorqasidan daromad olishi uchun ko‘mak berildi. Bundan tashqari, 2 nafariga huquqiy, 103 nafariga tibbiy hamda 15 nafariga boshqa yordamlar ko‘rsatildi.
Hududdagi 40 nafar ishsiz yoshga subsidiya mablag‘i asosida 25 ta elektr payvandlash, 3 ta suv nasos va boshqa uskunalari ham olib berildi. Misol uchun, “Qoraxon” mahallasida yashovchi ishsiz yosh B. Xolmo‘minovga 1 dona elektromotoroller olib berilishi natijasida u yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanib, kunlik daromadga ega bo‘lmoqda.
Yana bir misol, Sharof Rashidov nomli mahallada yashovchi N. Suyundukovaga tikuv mashinasi olib berildi. Natijada u bugungi kunda xonadonida tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib, o‘z oilasiga daromad keltirmoqda.

Ijtimoiy soha obʼektlarining holatini ham doimiy o‘rganib boramiz. Bu esa muammolarga yechim topishda qo‘l kelyapti. Xususan, sektorga biriktirilgan mahallalarda 140,1 km. ichki ko‘chalar mavjud bo‘lib, shundan 1,7 km. asfalьtlandi, 12 km. yo‘lga tosh-shag‘al yotqizildi va taʼmirtalab holga kelib qolgan 20,2 km. yo‘llar taʼmirlandi. Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 2 ta suv minorasi hamda 0.2 km. suv quvuri taʼmirlandi, 0,2 km. uzunlikda yangi suv quvuri tortildi. Natijada ko‘plab xonadonlar toza ichimlik suvi yetkazib berildi. Qolaversa, maktabgacha taʼlim muassasasi va qishloq vrachlik punkti mukammal taʼmirlanib foydalanishga topshirildi,
Sektor xududida faoliyat yuritayotgan 25 ta xo‘jalik yurituvchi subʼektlarni faoliyatini kengaytirish orqali 150 ta ishsiz fuqarolarni ish bilan taʼminlanishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda ushbu xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning 27 tasining faoliyati kengaytirildi, natijada 55 ta ishsiz fuqarolar ish bilan bandligi taʼminlandi.
Umuman olganda, tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar juda ko‘p. Biz ularning ayrimlarini sanadik, xolos. Eng asosiy maqsadimiz — fuqarolarning baxtli hayotini taʼminlash. Bu esa bizdan yanada g‘ayrat-shijoat bilan, tashabbus ko‘rsatib ishlashimizni talab etadi.
Botir OLTIBOYEV,
Termiz tuman prokurori.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring